Germaniyada ishlash vizasi

Germaniyada ishlash va kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun turli viza turlari mavjud. Har bir viza ma’lum maqsad, kasb yoki faoliyat turiga mos ravishda rasmiylashtiriladi. Quyida asosiy viza turlari haqida qisqacha ma’lumot beramiz:

Alman Visumni tanlab, siz viza masalalarining barchasini qulaylik, ishonch va muvaffaqiyatga yo‘naltirilgan professional jamoaga ishonib topshirasiz.

2025 yilda Viza rad etilishi sabablari va ularga qarshi yechimlar

Kasbiy ta’lim (Ausbildung) uchun viza

Germaniyada kasb-hunar o‘qish yoki malaka oshirish maqsadida rasmiylashtiriladi. O‘quv dasturlari nazariy bilimlar bilan amaliy tajribani uyg‘unlashtiradi, bu esa bo‘lg‘usi mutaxassislar uchun katta imkoniyat yaratadi.

Amaliyot o‘tash uchun viza

Belgilangan muddat davomida Germaniyadagi korxona yoki muassasada stajirovka (amaliyot) qilishga ruxsat beradi. Bu viza mutaxassislik bo‘yicha amaliy tajriba orttirish, malaka oshirish yoki ish jarayonlarini o‘rganish istagidagi shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Mutaxassislar uchun ish izlash vizasi

Yuqori malakali mutaxassislar Germaniyada 6 oygacha bo‘lgan muddatda ish qidirishlari uchun mo‘ljallangan. Bu viza bilan kirib kelgan shaxslar tegishli ish topgandan so‘ng, mehnat shartnomasi asosida boshqa turdagi ish vizasiga o‘tkazishlari mumkin.

Mustaqil ishlash (Freiberuflich / Selbstständigkeit) uchun viza

Germaniyada mustaqil (freelance) faoliyat yuritish yoki shaxsiy biznesni yo‘lga qo‘yish niyatidagi tadbirkorlar uchun ruxsat. Mazkur viza iqtisodiy foyda keltiradigan yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar bilan shug‘ullanishga imkon beradi.

Xorijda egallangan kasbiy malakani tan olinishi tadbirlari uchun viza (16d AufenthG)

Agar sizda xorijda olingan diplom yoki kasbiy malaka bo‘lsa, Germaniyada shu malakangizni tan olish, zarur sertifikat yoki imtihonlarni topshirish uchun kelishingiz mumkin. Ushbu viza malakangizni Germaniyada rasmiy ravishda tasdiqlash (Anerkennung) jarayonini soddalashtiradi.

Mutaxassis sifatida ishlash uchun viza

Germaniya mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarda ishlash uchun mo‘ljallangan. Agar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lsa va sizning malakangiz ushbu sohada etarli darajada bo‘lsa, ushbu viza orqali rasman ishlashingiz mumkin.

Yuk tashuvchi transport va avtobusda professional haydovchilarning ishga joylashishi uchun viza

Professional haydovchilar (yirik yuk mashinalari, avtobuslar) Germaniyada mehnat faoliyatini rasmiylashtirish uchun tegishli hujjatlar bilan ushbu vizaga murojaat qilishadi. Ish beruvchi bilan shartnoma va haydovchilik huquqi talab etiladi.

Au-pair vizasi

Yoshlar uchun mo‘ljallangan dastur bo‘lib, nemis oila ichida yashab, farzandlar parvarishi va uy ishlari bilan shug‘ullanib, shu bilan birga nemis tilini o‘rganish va Germaniya madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Ko‘ngilli sifatida (FSJ, BFD, FÖJ) Germaniyada bo‘lish uchun viza

Fuqarolik xizmati, ijtimoiy yoki ekologik loyihalarda volontyorlik bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan yoshlar uchun mo‘ljallangan. Bu dasturlar orqali ma’lum muddat davomida Germaniyada yashab, tajriba orttirish va jamiyatga foyda keltirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Bizning yordamimiz

Agar Germaniyada ishlash uchun viza olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, biz yordam berishga tayyormiz. Mutaxassislarimiz:

  • Hujjatlarni tekshirib, to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha maslahat beradi.
  • Elchixonada ariza topshirish jarayonini bosqichma-bosqich tushuntiradi.
  • Suhbatga tayyorgarlik ko‘rishda ko‘maklashadi.

Shunday qilib, Germaniyada ta’lim olish yoki til ko‘nikmalarini yaxshilash istagida bo‘lsangiz, biz bilan bog‘laning! Germaniya safaringizni yengillashtirish – bizning ustuvor vazifamiz.

Konsultatsiya

Biz bilan bog'laning va bepul maslaxat oling

Yuridik yordam

Elchixonaga hujjatlarni topshirishda yuridik yordam

Amaliy yordam

Kerakli hujjatlarni tayyorlash va tekshirish

Ish va uy qidiruvi

Germaniyadan ish va uy topishda amaliy yordam

Bizning Narxlar

Basic

$199
monthly
  • Konsultatsiya
  • Yuridik yordam
  • Amaliy yordam
  • Ish va uy qidiruvi

PRO

$499
monthly
  • Konsultatsiya
  • Yuridik yordam
  • Amaliy yordam
  • Ish va uy qidiruvi

Enterprise

$1499
monthly
  • Konsultatsiya
  • Yuridik yordam
  • Amaliy yordam
  • Ish va uy qidiruvi